“Vulverxempton” va “Tottenxem” jamoalarining sobiq murabbiyi Saudiya Arabistoni klubini qabul qilib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubiga avvalroq “Vulverxempton” va “Tottenxem” jamoalarida ishlagan portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Portugaliya OAVlari xabar bermoqda.
Saudiya klubining 48 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
"Tottenxem" Santuning ishlagan oxirgi klub edi. Mutaxassis o'tgan yilning noyabrida yomon natijalar tufayli jamoani tark etgandi. Londondagi 4 oylik ishidan oldin portugaliyalik murabbiy "Vulverxempton", "Portu", "Valensiya" va "Riu Ave" jamoalarini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229