"Milan" De Ketelare uchun taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Bryugge" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.
Manbaga ko'ra, "Milan" 21 yoshli belgiyalik futbolchi uchun ilk taklifini bildirgan. Italiya klubi futbolchi uchun 20 million evro va bonuslar taklif qilgan.
De Ketelare o'tgan mavsumda 49 o'yin o'tkazib, 18 gol va 10 golga assistentlik qilgan. Uning Belgiya jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159