Vidal shu hafta yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Yarim himoyachi Arturo Vidal "Flamengo" bilan shartnoma imzolaydi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manba bergan xabarga ko'ra, 35 yoshli chililik futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng shu haftada Braziliya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
2021/22 yilgi mavsumda Vidal "Inter" safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 2 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166