Taekvondo bo'yicha jahon reytingi e'lon qilindi: Charos Qayumova peshqadam, Ulug'bek Rashidov esa ikkinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so'ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, -53 kg vazn toifasida Charos Qayumova 126,84 ochko bilan 1-o'rinda qayd etildi. Qayumova ayollar tasnif jadvalida peshqadamga aylangan ilk o'zbekistonlik taekvondochiga aylandi.
Shuningdek, qit'a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa O'zbekiston vakillari ham o'z o'rinlarini mustahkamlab oldi. Xususan, Tokio Olimpiadasi g'olibi, reytingda 2-o'rinda borayotgan Ulug'bek Rashidovning ochkolari 262,31 taga etdi.
Umumiy hisobda kuchli o'nlikda jami 6 nafar o'zbekistonlik sportchini ko'rish mumkin.
Erkaklar
-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) — 140,74 ochko
13. Niyoz Po'latov (O'zbekiston) — 64,90
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) — 293,44
2. Ulug'bek Rashidov (O'zbekiston) — 262,31
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) — 132,58
10. Jasurbek Jaysunov (O'zbekiston) — 80,40
-80 kg:
1. Maksim Xramtsov (Rossiya) — 304,34
9. Shuhrat Salaev (O'zbekiston) — 141,13
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) — 190,64
13. Nikita Rafalovich (O'zbekiston) — 61,60
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) — 259,96
25. Shohrux Rajabov (O'zbekiston) — 56,87
Ayollar
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O'zbekiston) — 126,84
2. Tatyana Minina (Rossiya) — 116,70
-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) — 202,24
4. Feruza Sadikova (O'zbekiston) — 111,71
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) — 352,07
7. Svetlana Osipova (O'zbekiston) — 156,07.

Bosh sahifaga
166