"Real" Benzema bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Madridning “Real” klubi hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
AS xabariga ko'ra, hujumchi bilan hamkorlikni 2024 yilgacha uzaytirish Madrid klubi uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
"Real Madrid" 2024 yildan keyin Benzema o'rniga shu yozda "Manchester Siti"ga o'tgan Erling Xoland kelishiga umid qilmoqda. Norvegiyalikning ingliz klubi bilan shartnomasida tovon puli 150 million evro bo'lib, u 2024 yilning yozida kuchga kiradi.
O'tgan mavsumda Benzema barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175