Gavi ta'tildan qaytganidan so'ng "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Barselona" yarim himoyachi Gavi bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.
Kataloniya klubi va 17 yoshli futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 11 iyul kuni futbolchi ta'tildan qaytganidan so'ng yangi shartnoma imzolanadi.
Amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, tovon puli 50 million evroni tashkil etadi. Yosh iqtidor "Barsa"da qolishni juda xohladi va boshqa klublardan kelgan takliflarni rad etdi.
2021/22 yilgi mavsumda Gavi "Barselona" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178