Dibala qancha xohlayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Bir qancha klublar "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqish bildirishmoqda.
La Republicca xabariga ko'ra, argentinalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirayotgan "Inter" hujumchi bilan shartnoma imzolashdan oldin bir nechta futbolchisini sotishi kerak. Aleksis Sanches va Edin Jeko "Inter"ni tark etishi mumkin.
Bu vaziyatda "Milan", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Napoli" Dibala bilan bog'lanishdi. Bu klublarning barchasi forvard uchun so'rov bilan chiqishgan.
Yangi klubida Paulo yiliga 6+1 million evro maosh bilan 4 yillik shartnoma olmoqchi. "Napoli" uchun bunday moliyaviy talablar juda yuqori.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
143