"Tottenxem" va "Ayaks" kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Tottenxem" "Ayaks" bilan hujumchi Stiven Bergveynni sotish bo'yicha kelishuvga erishdi.
De Telegraaf xabariga ko'ra, Amsterdam klubi 24 yoshli futbolchining transferi uchun "shporlar"ga 26 million funt to'laydi. Bergveyn “Ayaks” bilan 5 yillik shartnomani kelishib oldi.
Mish-mishlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Everton" Bergveyn uchun 35 million funt to'lashga tayyor edi, biroq futbolchining o'zi "Ayaks" bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
144