Trinkau "Barselona"ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Yarim himoyachi Fransisko Trinkau "Vulverxempton"da bir yillik ijara muddatidan so'ng "Barselona"ga qaytdi. Biroq kataloniyaliklar futbolchini klubda qoldirish niyatida emas.
Trinkau Kataloniya jamoasida muntazam o'ynaganiga qaramay, o'tgan mavsum boshida "Vulverxempton"ga o'tgan edi. Ijara bir necha kun oldin tugadi va portugaliyalik yaqinda Kataloniyaga qaytdi.
Futbolchiga da'vogarlardan biri Lissabonning “Sporting” jamoasi hisoblanadi. "Barselona" futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Futbolchi o'tgan mavsumda APLda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154