"Chelsi" hujumchisini jamoaga sig'dirishmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Hujumchi Armando Broya yozda yana "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Albaniya terma jamoasi futbolchisi 2020/21 yilgi mavsumni “Vitess”da, keyingi mavsumni “Sautgempton”da o'tkazdi. Sky Sports xabariga ko'ra, endi "Nyukasl" 20 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi.
Shu bilan birga, londonliklar avvaliga mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi Broyaning harakatlariga nazar tashlab, shundan keyingina uning kelajagi haqida bir qarorga kelishmoqchi. Romelu Lukakuning "Inter"ga ketishi bilan "ko'klar" hujumchilar etishmaslik muammosiga duch kelishlari mumkin.
Shuningdek, Broyaga "Vest Xem" va "Sautgempton" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
138