"Barselona" Depayni "Sevilya"ga taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Barselona" Memfis Depayni "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega almashtirmoqchi.
Andalusiya klubi Kundeni 60-65 million evroga baholamoqda. "Barselona" futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha bunday summani taklif qilishga tayyor emas. O'z navbatida, kataloniyaliklar maoshlarni engillashtirmoqchi va Depay yozda klubni tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri.
Ispaniya matbuoti xabar qilishicha, "Barsa" hujumchini "Sevilya" himoyachisiga almashtirmoqchi.
O'tgan mavsumda futbolchi La Ligada 28 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163