"Napoli" xavbekiga Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Napoli" yarim himoyachisi Diego Demme yozda jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning Twitter'da xabar berishicha, futbolchiga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Roma", "Fiorentina" va "Lids" neapolliklardan 30 yoshli belgiyalik futbolchining transfer narxini so'ragan.
Demme o'tgan mavsumda "Napoli" safida barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
133