"Lids" Kalvin Fillipsning o'rnini kim bilan to'ldirmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Lids" ushbu yozda "Leyptsig" yarim himoyachisi Tayler Adamsni Kalvin Fillipsning o'rniga qo'lga kiritmoqchi. Fillips tez orada "Manchester Siti"ga o'tadi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, ingiliz jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Adamsning o'yinidan juda mamnun. Ular o'tgan mavsumda "Leyptsig"da birga ishlashgan. Hozirda klublar muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchining transfer narxi 17 million evroni tashkil qiladi. U 2019 yilda "Nyu-York RB"dan 4,5 million evro evaziga "Leyptsig"ga o'tgan edi. Tayler Adams o'z mamlakati terma jamoasi safida 19 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
134