"Milan" Asensio borasida taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Milan" klubi qanot hujumchisi Marko Asensio bo'yicha "Real"ga taklif bilan chiqdi. Bu yozda futbolchi jamoasini o'zgartirmoqchi.
Defense Central xabariga ko'ra, madridliklar futbolchini 30 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, "Milan" esa 25 million evro taklif qilishi mumkin. Madridning “Real” klubi futbolchini munosib taklif tushgan taqdirda sotishini qayd etgan.
Avvalroq, 26 yoshli futbolchiga "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsumda Asensio “Real” safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda, uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
119