"Atletiko" himoyachisi: "Xoland - men qarshi o'ynagan eng yaxshi hujumchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Fransisko Montero “Manchester Siti”ga joriy transfer oynasiga o'tgan norvegiyalik hujumchi Erling Xoland haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Xoland – eng yuqori saviyadagi futbolchi. U men qarshi o'ynagan eng yaxshi hujumchi. Lekin u bilan yuzma-yuz kelganimda uning yuksak mavqei haqida o'ylamagandim. Agar siz diqqatingizni bunga qaratsangiz, konsentratsiyani yo'qotasiz, Erling esa darhol undan foydalanadi", - dedi futbolchi AS bilan suhbatda.
Montero o'tgan mavsumda "Beshiktosh" safida ijara asosida o'ynagan edi. Norvegiyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynaganida, himoyachi Chempionlar ligasi guruh bosqichida Xoland bilan to'qnash kelgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151