"Sevilya" o'z hujumchisini transferga qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Ispaniyaning "Sevilya" klubi hujumchisi Roni Lopesh transferga qo'yildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Andalusiyaliklar futbolchi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor emas va undan tezroq qutulmoqchi. Eslatib o'tamiz, hujumchi 2019 yilning yozida besh yillik mehnat shartnomasi tuzib, "Sevilya" safiga kelib qo'shilgandi. Uning transferi 20 million evroga baholangan.
O'tgan mavsumda Lopesh "Olimpiakos"da ijara asosida o'ynadi. Hujumchi Gretsiya klubi safida 18 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urgan. 2021/2022 yilgi mavsum yakunlangach, Roni La Ligaga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
138