"Real" Ronaldu haqida munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Madridning "Real" klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Qaymoqranglilar" 37 yoshli to'purarning gollarining qisqacha qismini joylashtirdi va videoga quyidagi so'zlar bilan fikr qoldirdi: "Real"da to'qqiz mavsumda Krishtianu 451 ta gol urdi va u jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Uning ijrosida did bilan urilgan gollarni ko'rdik. U boshi bilan, jarima zarbasidan, penaltidan gollar urdi" - deyiladi "Real" rasmiy bayonotida.
Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Qirollik klubi"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
140