Zinchenko Fernandino bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Ukraina terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko braziliyalik yarim himoyachi Fernandinoning klubdan ketishi haqida fikr bildirdi. Tajribali yarim himoyachi "Atletiko Paranaense" bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi.
"Bu shunchaki futbolchi emas. Fernandino maydonda ham, maydon tashqarisida ham etakchi edi. Men sizdan ko'p narsalarni o'rgandim va nevaralarimga siz haqingizda albatta aytib beraman.
Kelajakda sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman, siz bunga loyiqsiz. Men sizni yaxshi ko'raman, aka" - deb post qoldirdi Aleksandr Zinchenko ijtimoiy tarmoqlarda.
Fernandino 2013 yildan 2022 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan. Uning hisobida 383 ta o'yinda 26 ta gol va 33 ta golli uzatma bor.

Bosh sahifaga
155