Ronalduni uchta grand klub sotib olishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqa klublar bilan kelisha olmayapti, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Bavariya", "Chelsi" va "PSJ" portugaliyalikni sotib olishdan bosh tortgan. Avvalroq Ronaldu mankunianliklarning transfer siyosatidan norozi ekani xabar qilingandi. Shu bilan birga, hujumchi klubdan uni ultimatum sifatida sotishni talab qilmoqchi emas.
37 yoshli Ronaldu o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154