"Latsio" Romanoliga yangi taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Latsio" himoyachi Alessio Romanoliga yangi shartnoma taklif qildi. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Rim klubi o'zining dastlabki taklifini yaxshilagan.
"Burgutlar" endi Romanoliga 2027 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda. 27 yoshli futbolchining maoshi mavsumda 3,5 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Avvalroq Rim klubi unga xuddi shu muddatga, biroq 3 million maosh bilan shartnoma taklif qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Romanoli 2015 yilda "Milan"ga o'tgan edi. “Rossonerilar” libosida etti yil davomida “Roma” tarbiyalanuvchisi 247 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi.
Uning "qizil-qoralar" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
146