"PSJ" va "Inter" muzokaralarning yangi bosqichini o'tkazishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"PSJ" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarga qiziqishda davom etmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, klublar kelasi hafta muzokaralarning yangi bosqichini o'tkazishadi.
“Inter” avvalroq parijliklarning yarim himoyachi Yulian Draksler va 60 million evrolik taklifini rad etgan edi.
Parijliklar yaqin orada Italiya klubi rahbariyati bilan 27 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishlariga ishonch bildirmoqda.
2021/22-yilgi mavsumda Shkrinyar “Inter” safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145