So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Andrey Arshavin: «Futbolchilik davrimni sog'inyapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473
«Zenit» klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin ayni payt o'zini sharhlovchilikda sinab ko'rmoqda. Umuman olganda, uning futbol o'yinlarini sharhlashi ko'pchilikka manzur bo'lyapti. Yaqinda RT nashri Arshavin bilan suhbat uyushtirdi.
— Evro Ligasi finalidan oldin KIA Moskvaga kubokni olib keldi. Ushbu musobaqada g'olib chiqqaningizga 11 yil bo'ldi. Hissiyotlar qanday?
— Kubokni ko'rib quvondim. Garchi bu men ko'targan kubok ekanligiga shubha qilsam ham. Manchesterdagi g'alabadan so'ng faoliyatimdagi eng yoqimli hissiyotlardan birini tuygandim. Shuningdek, finalning eng yaxshi o'yinchisi deb topilganman. Shu bois ham KIA kubokni Moskvaga olib kelganidan xursandman.
— Faoliyatingiz davomida ko'p yutuqlarga erishgansiz. Ular orasida UEFA kubogidagi zafar qanday o'rin tutadi?
— Faoliyatimda uchta muhim o'yin bo'lgan: «Reynjers»ga qarshi final, 2007 yilgi Rossiya - Angliya uchrashuvi hamda Ramenskdagi bahs. Aynan o'shanda «Zenit» ilk bor Rossiya chempioni bo'lgan.
— Manchesterdagi final o'sha turnirdagi eng qiyini bo'lganmi?
— Yo'q. Bunga qadar bir qator og'ir uchrashuvlar o'tkazgandik. Misol uchun, «Vilyarreal»ga qarshi o'yinlarni olaylik. Marselda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, o'z maydonimizda 2:0 hisobida zafar quchganmiz. «Bavariya»ni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinimizda, afsuski, ishtirok etolmagandim. Final esa hayajonli, ammo biroz oson o'tgan.
— Hozirgi «Zenit»ni o'sha paytdagi «Zenit»ga taqqoslasa bo'ladimi?
— Yo'q, solishtirishim qiyin. 11 yil oldin o'ynagan jamoa mutlaqo boshqa bir tarix. Sergey Semak qo'l ostida esa boshqa ijrochilar to'p surishmoqda. Futbol o'tgan davr mobaynida ancha o'zgardi.
— Hozirgi «Zenit» yana yuksak natijalarni qayd etishi uchun nima qilish kerak?
— Jamoa tarkibi yomon emas. Shunchaki, to'g'ri yo'ldan borish kifoya. O'shanda «Zenit» nafaqat Evropa Ligasi, balki boshqa turnirlarda ham zafar quchishi mumkin edi.
— Uchinchi evrokubok o'yinlari tashkil etilishiga qanday munosabatdasiz?
— Format, ishtirokchilar, saralash printsiplarini bilmay turib, bir narsa deyish qiyin. Lekin uni shunchaki o'ylab topishgan, deb o'ylamayman. Demak, uchinchi turnir milliy federatsiyalar uchun kerak. Ular o'z klublari xalqaro arenalarda o'ynashini istashadi.
— So'nggi paytlarda o'zingizni teleekspert sifatida namoyon qildingiz. Mashhur sharhlovchi Gennadiy Orlovning aytishicha, sizda bu borada tug'ma iqtidor bor ekan.
— O'zimni bu sohada yaxshi his qilyapman. O'zimga baho berish niyatim yo'q. Buni telemuxlislardan so'rash kerak. Agar kerak bo'lsam, sharhlovchilik bilan shug'ullanishda davom etaman. Aks holda, telekanallar rahbarlari shunchaki taklif qilmay qo'yishadi.
— Ayrim ekspertlar ijtimoiy tarmoqlarda faollar. Gari Lineker yoki Vladislav Radimov shular jumlasidan. Siz ham ayni yo'ldan borishni istamaysizmi?
— Oldin ham aytganimdek, «Instagram» va men boshqa-boshqa olammiz. Biroq hozirgi jarayon va faoliyatim tufayli bu bilan shug'ullanishga majburman.
— Yarim yil oldin faoliyatingizni yakunlaganingizni ma'lum qildingiz. Afsusda emasmisiz?
— Bu savolga tez-tez javob beraman. Futbolchilik davrimni umuman sog'inmayapman. Bunga vaqtim ham yo'q. Ko'p ishlayapman, safarlarga chiqyapman. «Zenit»ning «Gazprom Arena»dagi o'yiniga kirsam, maydonga tushish istagi tug'ilmaydi.
— RFIni Aleksandr Dyukov boshqarmoqda. Agar biror-bir ish taklif qilsa, rozi bo'lasizmi?
— RFIda doimiy ishchi bo'lishni istamayman. Aleksandr Valerevich mendan istaganini so'rashi mumkinligi va unga rad javobini bera olmasligimni biladi.