Kasorla "As Sadd" bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla Qatarning “As Sadd” jamoasida qolishga qaror qildi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 37 yoshli futbolchi shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
Kasorla 2020 yilda Qatarga ko'chib o'tgandi. Bungacha u Ispaniyaning “Vilyarreal” klubida o'ynagan. “As-Sadd”da u vatandoshi Xavi Ernandes qo'l ostida ishlagan.
Kasorla joriy mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushdi. U oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175