Silvaning jamoani tark etishiga ikkita to'siq bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Yarim himoyachi Bernardu Silva «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor.
Diario Sport xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi kelasi mavsumda "Barselona"da o'ynamoqchi. Bu haqda u o'z agenti Xorxe Mendesh va "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga aytdi.
«Barsa» ham uni sotib olishni xohlaydi, lekin bir qator to'siqlar mavjud.
Birinchidan, Gvardiola futbolchini o'zida saqlab qolishni ma'qul ko'radi. Ikkinchidan, “Man Siti” yarim himoyachini 100 million evroga baholamoqda va bu borada yon bermoqchi emas, kataloniyaliklar esa futbolchi uchun 40 million to'lamoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178