"Barselona" Alonsoga qancha to'laydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Markos Alonso vatani Ispaniyaga qaytishga tobora yaqinlashmoqda.
Mahalliy Sport nashrining yozishicha, chap qanot futbolchisi "Barselona"ga o'tadi. Kataloniyaliklar ushbu transfer uchun «Chelsi»ga 10 million evro to'laydi.
Alonso "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi, ammo u Madridning asosiy jamoasida faqat bitta o'yin o'tkazdi.
Markos 2016/2017 yilgi mavsumdan beri "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Londonliklar safida ispaniyalik futbolchi 211 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan va 23 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
131