Evropaning top-5 chempionatlarida eng ko'p qizil kartochka olgan klublar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Yakunlangan mavsumni Ispaniya chempioni maqomida boshlagan Diego Simeone boshqaruvidagi «Atletiko» yakunda Primero taxtini «Real»ga topshirdi.
Lekin «matraschilar» bitta jihat bo'yicha «chempionlik»ni munosib himoya qilishdi, baribir. Gap qizil kartochkalar to'plami haqida ketmoqda.
Evropaning kuchli 5ta ligasi (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Frantsiya chempionatlari)da ishtirok etgan 98ta klubning yakunlangan mavsum qizil kartochkalar bo'yicha qanday statistika qayd etganiga e'tibor qaratsak, «Atletiko»ga etadigani yo'q. Diego Simeonening tajovuzkor jamoasi barcha turnirlar doirasidagi 51ta o'yinda 12ta «qizil» to'pladi. Bu - aynan «matraschilar» o'yin uslubiga mos natija.
Mavsum davomida eng ko'p chetlatishga mubtalo bo'lgan 10ta klubdan 4tasi Ispaniyaniki. Bu La Ligada futbol nisbatan qo'polroq ekanligidan dalolat. Ha, yana ispaniyalik referilarning o'yinlarni qattiqqo'llik bilan boshqarishlaridan ham.


Bosh sahifaga
152