Rossiyalik futbolchining bayonoti "Fiorentina" klubining hafsalasini pir qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Fiorentina" hujumchisi Aleksandr Kokorinning agenti o'z mijozi Italiya klubida qolish istagi haqidagi bayonotidan keyin, klub rahbariyatining hafsalasi pir bo'ldi, deb xabar bermoqda Football Italia.
Kecha 31 yoshli rossiyalik futbolchining agenti Timofey Berdishev Rossiyadan kelgan takliflarga qaramay, futbolchi Florentsiyani tark etish niyatida emasligini aytdi. Shuningdek, u "Fiorentina" futbolchiga 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilishni muhokama qilishni taklif qilmaganini ta'kidladi.
Kokorin 2021 yilning yanvarida "Spartak"dan "Fiorentina"ga ko'chib o'tgandi. O'shanda Transfermarkt portali ushbu kelishuvni 4,5 million evroga baholagandi.
Barcha vaqt davomida hujumchi Italiya klubuning 11 uchrashuvida qatnashib, jami 216 daqiqa o'ynadi va samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Bosh sahifaga
180