"Ayaks" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi niyatida ekanligini klub rahbariyatiga aytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

"Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines va uning vakillari futbolchining transferi borasida klub direktorlar kengashi bilan bog'lanish niyatida.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasida o'ynashni xohlaydi. Himoyachi "Arsenal" va "Manchester Yunayted" takliflari o'rtasida tanlov qilmoqchi va "Ayaks" uni qo'yib yuborishiga umid qilmoqda.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" amsterdamliklarga Martines uchun 41 million evro va 4 million bonus taklif qilgandi. Qayd etilishicha, "Ayaks" yangi taklifni rad etdi, chunki ular Martines uchun kamida 50 million evro talab qilmoqda.
Himoyachi o'tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
182