"Barselona" Gavi bilan olib borilayotgan muzokaralardan qoniqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
“Muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Gavi va uning agenti bilan kelishuvni muhokama qilishda erishilgan yutuqlardan mamnunmiz", - deya Laportaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fabritsio Romano.
2021/22 yilgi mavsumda Gavi "Barselona" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq Kataloniya klubi 17 yoshli ispaniyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175