"Roma"ga ketadigan himoyachi o'rnini "PSJ" futbolchisi egallaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Lill" "PSJ" himoyachisi Terno Baldega qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, transfer summasi taxminan 5 million evroni tashkil qilishi mumkin. "Lill" 20 yoshli frantsiyalik futbolchini tez orada "Roma"ga o'tadigan Zeki Chelikga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Balde "Gavr" saqida ijara asosida o'ynadi. Futbolchi jamoaning 37 ta uchrashuvida qatnashdi. Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 2 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180