Bu futbolchi "MYu"ga transferini yakunlash uchun bugun Angliyaga uchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Feyenoord" himoyachisi Tirell Malasia "Manchester Yunayted"ga o'tishini yakunlash uchun bugun Angliyaga uchadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, bugun 22 yoshli niderlandiyalik tibbiy ko'rikning birinchi qismidan, ertaga esa ikkinchi qismidan o'tadi. Shundan so'ng futbolchi "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolaydi va kelishuv rasman e'lon qilinadi.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" futbolchi uchun 15 million evro to'lashi xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsumda Malasia “Feyenoord” safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 17 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177