"Barselona" De Yongni sotadimi? Laporta javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Frenki de Yongning "Manchester Yunayted"ga ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Futbolchining o'zi Kataloniya klubida qolishni istamoqda.
"Nafaqat "Manchester Yunayted" emas, balki ko'pchilik De Yongni sotib olmoqchi. Uni sotish niyatimiz yo'q. U qolishni xohlaydi. Uni saqlab qolish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Ammo ish haqi masalasi bor, uni to'g'irlash kerak", - deya Laporta so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Frenki o'tgan mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 46 o'yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156