"Atalanta" darvozaboni "Fiorentina"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Fiorentina" "Atalanta" darvozaboni Perluidji Gollinini ijaraga olgan.
Manbaga ko'ra, kelishuv 27 yoshli italiyalikni 8 million evroga sotib olish variantini o'z ichiga oladi.
2021/22 yilgi mavsumda Gollini "Atalanta"dan ijara asosida "Tottenxem"da o'ynadi. Darvozabon inglizlar safida 10ta o'yinda 11ta gol o'tkazib yuborgan va 2ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
157