«Neftchi» dastlabki futbolchi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Neftchi" klubiga yangi rahbar va yangi bosh murabbiy tayinlangach tarkibda tozalash ishlari boshlandi. Jamoa himoyachisi Anvarjon G'ofurov mehnat shartnomasini klub bilan o'zaro kelishgan holda bekor qildi va jamoani erkin agent sifatida tark etdi.
Shuningdek, klub matbuot xizmati boshqa futbolchilar haqida ham umumiy ma'lumot berib o'tdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar "Neftchi"ni tark etmoqda degan fikrlar bildirilmoqda, lekin birinchi davrada o'ynab kelayotgan har bir futbolchining kamida yil yakuniga qadar mehnat shartnomasi mavjud va klubni hech qaysi futbolchi tark etmagan", — deya xabar tarqatdi farg'onaliklar matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179