Gnabriga ikki APL grandi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Star Sunday.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda. Aynan London klubidan hujumchi "Bavariya"ga o'tgan edi. Klublar futbolchi uchun taxminan 46 million evro to'lashlari kerak bo'ladi.
Oldinroq "Bavariya" Gnabrini asosiy tarkibdan chiqarib yuborishi mumkinligi, chunki futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgani haqida xabar berilgandi.
Gnabri 2018 yildan beri "Bavariya"da harakat qiladi. O'tgan mavsumda hujumchi 45 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179