"Real" yarim himoyachisi kelasi mavsum ko'proq o'yin amaliyoti olishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos keyingi mavsumda etarlicha o'yin vaqtini olishiga ishonmoqda.
"O'tgan mavsumning so'nggi qismida murabbiy menga ishondi va bu juda muhim edi. Endi eng muhimi, mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi boshlash, chunki men ko'p daqiqalar olaman deb o'ylayman", - deya Sebalos so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
25 yoshli ispaniyalik o'tgan mavsumda "Real" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Sebalosning shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192