"Manchester Yunayted" Eriksenni sotib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan bir necha marotaba muzokara o'tkazdi va futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga rozi bo'ldi, deb xabar beradi Daily Star.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" daniyalik bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi yozda "MYu" qanday transfer siyosatini olib borishini ko'rmoqchi, shu sababli u shartnoma imzolashni kechiktirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, futbolchining "Manchester Yunayted"ga o'tgan taqdirda maoshi yiliga 8,3 million evroni tashkil qiladi.
Oldinroq Eriksen faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variantni ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi: "Manchester Yunayted" lageriga borish yoki "Brentford"da o'ynashni davom ettirish.
Kristian Eriksen o'tgan mavsumda "Brentford" safida Premer-ligada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi erkin agent maqomida.

Bosh sahifaga
131