"Manchester Siti"ning yangi hujumchisi kelasi hafta jamoaga kelib qo'shiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Manchester Siti"dan ijaraga olingan "River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares kelasi hafta ingliz klubiga qaytadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, 22 yoshli argentinalik futbolchining ijara muddati 7 iyulda tugaydi, ertasi kuni esa futbolchi "Siti"ga qaytadi.
Joriy mavsumda Alvares "River Pleyt" safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
137