"Bavariya" De Ligt uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt "Bavariya" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi, deya xabar beradi jurnalist Alfredo Pedulla. Myunxenliklar futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchiga asosiy da'vogarlar "Manchester Yunayted" va Londonning "Chelsi" klublaridir.
Oldinroq de Ligt turinliklar bilan 2026 yilgacha yangi shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
2021/22 yilgi mavsumda de Ligt “Yuventus” safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Niderlandiyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
131