A Seriyaning yana bir klubi Ronaldu uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatini ma'lum qilgan hujumchiga Neapol klubi qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, "Bavariya" va "Roma" Krishtianuning bo'lajak klubiga aylanishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. "PSJ" futbolchini sotib olishga qiziqmayapti.
Ronalduning shartnomasi tugashiga 12 oy qolgan. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta gol urib, "Yunayted"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
131