"Inter" hujumchisi jamoadan ketish arafasida turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Atalanta" "Inter" hujumchisi Andrea Pinamonti bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb yozmoqda jurnalist Nikolo Skira o'zining Twitter sahifasida.
23 yoshli italiyalik bergamoliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yaqin kunlarda har ikki klub bosslari kelishuvni yakunlaydilar. Oldinroq "Inter" hujumchini 18-20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyorligi xabar qilingandi.
Pinamonti o'tgan mavsumda "Empoli"da ijara asosida o'ynadi. A Seriyada u 36 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Pinamontining shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
153