Buum! "Neftchi"ga yangi murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

Bugun Farg'ona futbol assotsiatsiyasi binosida viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda jamoaning rahbariyati va murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan mutaxassislar va klub rahbariyatida o'zgarishlar ro'y berdi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan, Ilhom Mo'minjonovning iste'fosidan so'ng uning o'rniga Tojikistonda tug'ilgan Vitaliy Levchenko bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Ilhom Mo'minjonovning o'rnini egallagan mutaxassis o'tgan mavsumda "Istiqlol" bilan OChLda "Al Hilol"ni tor-mor etib, 1/8 finalgacha etib borgan.
Shu bilan bir qatorda klub raisligida ishlab kelgan Zohidjon G'ofurov o'rniga Mo'sinhoji Mehmonov klub raisi etib tayinlandi.
Shuningdek, klub matbuot xizmati rahbari etib Saidabzal Abdullaev tayinlandi.
Yig'ilishda bir qator masalalar ko'rib chiqilib, klubni rivojlantirish borasida topshiriqlar berildi.
Batafsil ma'lumotlar keyinroq beriladi.

Bosh sahifaga
129