«Manchester Siti»ga egalik qiluvchi holding Italiya klubi aktsiyalarini ham sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Italiyaning «Palermo» klubi «Manchester Siti»ga egalik qiluvchi holding qo'liga o'tadi.
"City Football Group" B Seriya klubi xaridi bo'yicha muzokaralarni yakunladi. Jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko'ra, holding sitsiliyaliklarning 80% aktsiyasini 13 million evroga xarid qildi. Shuningdek, jamoaning natijalariga bog'liq bonuslar ham va'da qilingan.
Yaqin orada bitim imzolanadi. Dushanba kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan matbuot anjumanida bu haqida ma'lumot berish ko'zda tutilgan.
Shu tariqa «Palermo» holding tarkibiga kiruvchi 11-klubga aylanadi. City Football Group tarkibiga «Manchester Siti», «Lommer», «Nyu-York Siti», «Melburn Siti», «Montevideo Siti», «Jirona», «Yokogama F. Marinos», «Trua», «Mumbai Siti» va «Sichuan Szyunyu» kabi jamoalar kiradi.

Bosh sahifaga
132