Kelasi mavsumdan A Seriyada tarixiy voqea sodir bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

2022/2023 yilgi mavsumdan boshlab Italiya A seriyasida birinchi ayol hakam ishlaydi. U 31 yoshli Mariya Sole Ferrieri Kaputi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kaputi Italiya kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Kalyari" - "Sittadella" uchrashuvida ishlagan.
“Bu orzuim amalga oshdi. Tarixiy lahza. Mariya Sole bu lavozimga ko'tarildi, chunki u bunga loyiq edi ", - deb yozadi Italiya hakamlar assotsiatsiyasi prezidenti Alfredo Trentalange.
2021/2022 yilgi mavsum yakunida “Milan” Italiya chempioniga aylandi. Kuchli uchlikka “Inter” va “Napoli” kirdi. A Seriyaning yangi mavsumi 2022-yil 13-avgustda boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
139