Messi sobiq jamoadoshlari bilan orolda dam olmoqda (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 611

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlari Sesk Fabregas va Luis Suares bilan ta'tilda hordiq chiqarmoqda.
Futbolchilar mavsumoldi mashg'ulotlari boshlanishi oldidan Ibitsada yaqinlari bilan dam olishmoqda.
Ushbu uchlik iyun oyi oxirida orolda argentinalik futbolchining 35 yoshini nishonlash uchun yig'ilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Messi 2021 yilda "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgan edi. Argentinalik hujumchi o'tgan mavsumda Liga 1da 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
149