Ronalduning «Roma»ga o'tishi rostmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Franchesko Tottining aytishicha, u Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan "Roma"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni hech qachon jiddiy qabul qilmagan.
Eslatib o'tamiz, Italiya matbuoti avvalroq portugaliyalikning Joze Mourino jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida yozgan edi.
«Ronalduning «Roma»ga o'tishiga hech qachon jiddiy ishonmaganman. Gap shundaki, men hozirgi vaziyatni bilaman. Lekin bu rost bo'lsa, ajoyib bo'lardi, «Roma» muxlislari hayajonga tushishardi», - deydi Totti.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu ushbu transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin, chunki u o'zini loyihaning muhim qismi sifatida his qilmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174