FIFA korruptsiya ishi bo'yicha AQSh Adliya vazirligidan 92 million dollar tovon puli oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61

FIFA tashkilot ichidagi korruptsiya ishi bo'yicha AQSh Adliya vazirligidan ko'p millionli tovon puli oladi.
ESPN’ning yozishicha, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi futboldagi global korruptsiya sxemalari tufayli etkazilgan zarar uchun 92 million dollar tovon puli oladi. Ushbu sxemada FIFA rasmiylari ham ishtirok etgan.
Qayd etish kerak, bu AQSh Adliya vazirligi tomonidan FIFA foydasiga to'lov qilingan birinchi holat emas.
2021 yil avgust oyida ham FIFA 201 million dollar kompensatsiya olgan. Bu pullar korruptsiyada ayblanib javobgarlikka tortilgan federatsiyaning sobiq amaldorlarining bank hisob raqamlaridan olib qo'yilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
112