"Barselona" yozgi transferlar uchun qancha pul ajratmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Ispaniyaning “Barselona” klubi ushbu transferlar oynasi vaqtida yirik xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar uchun jami 200 mln evro atrofida mablag' sarflashni rejalashtirmoqda. “Ko'k-anorranglilar” bu pulni Amerikaning Sixth Street sarmoyaviy kompaniyasiga televizion huquqlarning 10 foizini sotish orqali ishlab topmoqchi. Ular bu bo'yicha 207,5 mln evrolik kelishuvga erishgan.
Bundan tashqari, "Barselona" yaqin orada boshqa bir kompaniyaga televizion huquqlarining 15 foizini sotish orqali 400 mln evroga yaqin pul ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
114