Modrich EChLda "PSJ" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabani yodga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Chempionlar ligasining 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi o'yinni esladi. Eslatib o'tamiz, ikki uchrashuv yakuniga ko'ra “qaymoqranglilar” 3:2 hisobida zafar quchgan edi.
“Messini boshqa libosda ko'rish g'ayrioddiy edi. Neymar va Mbappe birinchi o'yinda ularga ustunlik berishdi, biroq biz o'z ritmimizni topganimizda, biz ularni shunchaki yanchib tashladik", - deya xotirlaydi xorvatiyalik futbolchi Sportske Novosti bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, may oyi oxirida "Real" finalda "Liverpul"ni mag'lub etib, o'n to'rtinchi marta Chempionlar ligasi g'olibligini nishonladi. Kubok yo'lida "qaymoqranglilar" "Chelsi" va "Manchester Siti"ni ham turnirdan chiqarib yuborishdi.

Bosh sahifaga
115