Rasman! "Neftchi" rahbari va bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Farg'onaning "Neftchi" klubi rahbariyatida va murabbiylar shtabida iste'fo ro'y berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Neftchi" futbol klubi 2022 yil Superliga uchrashuvlarida o'z imkoniyatlaridan oqilona foydalana olmay, ketma-ket mag'lubiyatlarga uchraganligi va turnir jadvalida oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlay olmaganligi bois, jamoa bosh direktori Zohidjon G'ofurov hamda bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov o'z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib,iste'foga chiqarildi" - deyiladi klub bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213